YeChL joriy mavsumida kim eng ko‘p pul topdi?
Bu borada APL jamoasi yetakchi.

"Manchester Siti" klubi Chempionlar ligasi joriy mavsumida eng ko‘p pul ishlagan jamoaga aylandi.
"Shaharliklar" joriy mavsum turnirdagi ishtiroki bilan 89,02 mln yevro ishlagan. Ushbu daromad g‘alabalar va televizion huquq orqali qo‘lga kiritilgan.
Chorakfinalgacha daromadlar bo‘yicha "Real" (86,75 mln) ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, 3-o‘rindan – "Bavariya" (86,02) joy olgan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Man Siti" turnir g‘olibiga aylanib eng ko‘p – 134,9 mln yevro ishlab topgandi.







