"Mbappe "Chelsi"ga o'tishi kerak"
U APLni yanada kuchaytirishi ta'kidlandi.

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Florent Maludaning fikricha, "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"dan keyin APLda o'ynashi kerak.
"Men Mbappeni Premyer-ligaga kelishiga ishontirishga harakat qildim. Premyer-liga juda qiziqarli musobaqa. Agar u "Real"ga o'tsa, bu ularda o'ynashni orzu qilgani uchun bo'ladi. Premyer-liga - dunyodagi eng raqobatbardosh liga. Mbappe esa buni yanada yaxshilashiga shubha yo'q", - dedi Maluda.







