"Siti" APLda chempion bo'ladimi?
Superkompyuter klubning imkoniyatini yuqori baholadi.

Opta superkompyuteri "Manchester Siti"ni Premyer-ligada g‘olib bo‘lishga asosiy favorit deb hisoblamoqda.
33-turda "shaharliklar" "Luton"ni mag‘lub etdi (5:1) va turnir jadvalida peshqadamga aylandi. "Arsenal" o‘z maydonida "Aston Villa"ga (0:2) yutqazib "Siti"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o‘ringa tushib ketdi, "Kristal Pelas"ga (0:1) yutqazgan "Liverpul" ham 2 ochkoga ortda qolmoqda va 3-pog‘onaga joylashgan.
33-turdan so‘ng "Manchester Siti"ning ushbu mavsumda chempion bo‘lish imkoniyati 70 foizga baholanmoqda. "Arsenal"ning chempion bo‘lish ehtimoli 18%, "Liverpul"da — 12%.







