Sport

Italiya klubi Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

20 yoshli futbolchi hozir Rossiya chempionatida to'p suryapti.

Italiya klubi Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

 

"ParmaLive" sayti xabariga ko‘ra, Italiyaning "Parma" klubi "SSKA" yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Hozirda "B" Seriyada yaqqol peshqadamlik qilib, yangi mavsumni A Seriyada boshlashi kutilayotgan parmaliklar hozirdan tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Fayzullayev o‘tgan yozda "Paxtakor"dan "SSKA" safiga 500 ming yevroga transfer qilingan edi.

 

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisiga "Bavariya" klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Italiya klubi Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda | Zamon.uz