"Manchester Siti" o'ziga ishongan jamoa"
Rafael Benites Premyer-liga chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

"Liverpul", "Everton" va "Selta" klublarining sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites 2023/2024-yilgi mavsumda Angliya premyer-ligasida chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.
"Manchester Siti" o'ziga ishongan jamoa. Ularda rotatsiya qilish va g'alaba qozonishda davom etish imkonini beruvchi yaxshi tarkib bor. Dam olish kunlarida "Liverpul" va "Arsenal"ning mag'lubiyatga uchrashi jamoaning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Shuning uchun ustunlik endi "Manchester Siti" tomonida, deb o'ylayman", - dedi Benites.
Angliya premyer-ligasining 33-tur uchrashuvlaridan so'ng “Manchester Siti” turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Gvardiola jamoasi hisobida 73 ochko bor. “Arsenal” ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Liverpul” kuchli uchlikni yakunlab bermoqda.







