“Real” Nachoning o‘rniga futbolchi tanlashga qaror qildi
Jamoa Fransiyadan futbolchi sotib oladi

"Real Madrid" mavsum oxirida Madrid klubini tark etadigan Nacho Fernandes o'rniga yangi himoyachi oladi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Real Madrid" Nachoning ketishini oldindan bilgan, shu bois "Lill" himoyachisi Leni Yoro bilan shartnoma imzolash ishlari allaqachon boshlangan. Klub 18 yoshli futbolchi uchun "PSJ" bilan kurashishi kerak, ammo fransiyalik futbolchining o'zi "Real"da o'ynashni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Nacho "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning tarkibida u barcha turnirlarda 355 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.







