Jahon

Turkiyada dovul sabab masjid minorasi qulab tushdi

Chankiri hokimining maʼlum qilishicha, hududdagi yana bir minorada ham muammolar bor: u chayqalib turibdi.

Turkiyada dovul sabab masjid minorasi qulab tushdi

Turkiyada kuchli to‘fon tufayli Chankiri shahridagi Bademli masjidining ikki minorasidan biri qulab tushdi. Minora qulagan lahza videoga muhrlandi.

 

Bir minora butunlay vayron bo‘lgan, ikkinchisi o‘rnida qolgan. Minora qulagan paytda ko‘chada hech bo‘lmagan, shuning uchun hodisa qurbonlarsiz bo‘ldi. To‘xtab turgan ikkita mashina shikastlangan. Hududga qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish brigadalari yuborilgan.

 

"Boshqa minorada ham muammolar bor, u chayqalib turibdi. Shuning uchun biz ehtiyot choralarini ko‘rdik", — dedi Chankiri hokimi.

 

Bo‘ron tufayli shahar markazida daraxtlar qulab tushdi, baʼzi binolarning tomlari uchib ketdi. Shuningdek, joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lgan.

 

Chankiri Anqaradan 140 km shimoli-sharqda joylashgan. Qadimda bu shahar Germanopolis nomi bilan mashhur bo‘lgan.

 

Shanba kuni Turkiyaning ko‘plab hududlarida bo‘ronlar kuzatildi. Antaliyaning Kemer hududida shamol tezligi soatiga 118 kilometrga yetdi. Maʼlum qilinishicha, sohillarda ulkan to‘lqinlar paydo bo‘lib, daraxtlar qulab tushgan.

 

Dovul tufayli Antaliyada ham minorali binolarda favqulodda holat yuz berdi. Chitliqli masjidi minorasining konusi uchib ketgan. U yaqin atrofdagi apelsin bog‘iga borib tushdi, deya xabar beradi Sozcu.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"