O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin
Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva va Karan Bhatiya o'rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash hamda raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirilgani qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva ushbu o‘zgarishlar mamlakatda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib borayotganini ta’kidladi.
Tomonlar raqamli sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi.








