"Adidas" bir yildan so'ng "Liverpul"ning hamkoriga aylanadi
Kompaniya jamoa bilan 4 yillik shrtnoma imzolaydi.

"Adidas" 2025/2026-yilgi mavsumdan boshlab "Liverpul"ning yangi hamkoriga aylanadi.
Manbaga ko‘ra, nemis kompaniyasi tenderda g‘olib chiqqan va mersisaydliklar bilan 2029-2030-yillar mavsumigacha hamkorlik qiladi. Shuningdek, asosiy raqobatchilar "Nike" va "Puma" kompaniyalari bo‘lgani, ular ham “Liverpul” bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgani xabar qilingan.
Eslatib o'tamiz, 33-turdan so'ng "Liverpul" 74 ochko bilan APLda 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi o'yini safarda "Everton"ga qarshi bo'ladi.







