"Chelsi" APLda antirekord o‘rnatdi
Klub Premyer-ligada juda ko'p gol o'tkazib yuborgan.

Maurisio Pochettino shogirdlari Angliya chempionatining 29-turi doirasidagi o‘yinda "Arsenal"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:5).
Natijada "Chelsi"ning ushbu mavsumda o‘tkazib yuborgan gollari soni 57 taga yetdi. Bu klub tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi. "Chelsi" APLning bir mavsumida ikki marta o‘z darvozasidan 55 tadan to‘p o‘tkazib yuborgan: 1994/95 va 1996/97-yilgi mavsumlarda.
E’tiborlisi, gollar soni yanada oshishi mumkin, chunki "ko‘klar" bu mavsumda PremYer-ligada yana 6 ta o‘yin o‘tkazadi.







