De Xea o‘ziga yangi jamoa topdi
U vataniga qaytadi.

“Manchester Yunayted” darvozasini uzoq muddat qo‘riqlagan David de Xea o‘tgan yozda shartnomasi tugaganidan keyin o‘ziga yangi jamoa topa olmagan edi.
Shu bois, mashhur posbon bir yil futboldan tashqarida yurishga majbur bo‘ldi. Ikkita transfer oynasida unga bir necha klublardan taklif bo‘lgandi. Biroq tomonlar hamkorlik masalasida kelisha olmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik golkiper o‘z yurtiga qaytishga qaror qilgan. Ma’lum qilinishicha, David de Xeani “Betis” o‘z safiga chorlayapti.







