Sport

Kloppning "Liverpul"dagi so'nggi mavsumi ayanchli yakun topmoqda

Jamoa derbida “Everton”ga imkoniyatni boy berdi.

Kloppning "Liverpul"dagi so'nggi mavsumi ayanchli yakun topmoqda

 

"Everton"ni chempionshipga tushib ketishi ko'pchilikni hayratga soladigan voqea bo'lishi aniq edi. Jamoa Liverpul derbisida mag'lub bo'lsa ko'p narsani yo'qotardi. Shon Daych jamoasi yana bir og‘ir mavsumni o‘tkazmoqda. Ular ham maydonda, ham FA qarori bilan muntazam ochko yo‘qotishdi, biroq “Liverpul” bilan o‘yin “Everton” muxlislarining kayfiyatini o‘zgartirdi.

 

Ajablanarlisi: “Liverpul” dastlabki 30 daqiqada maydonga yo'qdek tuyuldi. Asosiy tarkibda Muhammad Saloh, Darvin Nunes, Aleksis Mak Allister va Dominik Szoboslay kabi futbolchilar bo'lishiga qaramay jamoa o'sha kuni o'ziga o'xshamadi. Oltinchi daqiqadayoq hakam “Everton” foydasiga penalti belgiladi, biroq VAR aralashib, uni ofsayd deb topdi. Ko'p o'tmay Dominik Kalvert-Lyuin ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Shunga qaramay 27-daqiqada “Everton” hisobni ochdi.

 

Shundan keyingina "Liverpul" uyg'ondi. Biroq, “Liverpul” birin-ketin imkoniyatlarni qo'ldan boy berdi (Saloh o‘yinda yetti marta zarba berdi). Mezbonlar esa vaqtni cho'zishga harakat qilishdi. 58-daqiqada esa “Everton” ikkinchi golni urdi. Va buni mavsum davomida omadsizlikka uchrayotgan Kalvert-Lyuin amalga oshirdi.

 

"Liverpul" esa gol ura olmadi. Luis Diaz o'yin oxirlarida darvoza to'sinini nishonga oldi. Klopp o'yinni almashtirishlar bilan o'zgartirishga harakat qildi, ammo kech edi. Majburiyat nuqtai nazaridan, "Everton" mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etdi va endi Premyer-ligadagi o'rnini saqlab qolishi mumkin. Jadvalning eng quyi pog'onasida ular shunday tezlikda ochko to'plashmoqdaki, "Everton" qolgan barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan taqdirda ham APLda qoladi.

 

"Liverpul"ga kelsak, ular uchun mavsum tugadi. Jamoa Angliya kubogi va Yevropa ligasidan chiqib ketdi. "Arsenal" bilan farq uch ochkoni tashkil etmoqda. "Siti" bilan oradagi farq besh ochko hisoblanadi. Bu ikkala klub birdaniga ikkita xatoga yo'l qo'yishi dargumon. Ko'rinishidan, Kloppning "Liverpul"dagi so'nggi mavsumi ayanchli yakun topmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kloppning "Liverpul"dagi so'nggi mavsumi ayanchli yakun topmoqda | Zamon.uz