"Hozir chempion bo'lishimizga ishonamanmi? Yo'q"
Klopp APLdagi vaziyat haqida gapirdi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining joriy Premyer-ligada chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.
“Ayni damda chempion bo'lishimizga ishonamanmi? Yo'q, chunki hozirgi vaziyat bunga yo'l qo'ymaydi. Lekin, bu muammomi? Men bunday deb o‘ylamayman. Keling, nima bo'lishini ko'rib chiqaylik. Qolgan jamoalar kim bilan o'ynashayotganini bilmayman. "Arsenal" va "Siti" ikkita o'yinda mag'lub bo'lishlari mumkinmi? Mumkin emas. "Liverpul" to'rtta o'yinda g'alaba qozonishi mumkinmi? Ha, biz buni avval ham qilganmiz, bu ham mumkin. Shuning uchun men hech narsa deyolmayman", - dedi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, APLning 34-turidan keyin “Liverpul” 74 ochko jamg‘arib, peshqadam “Arsenal”dan 3 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar ham bir o‘yini bor “Manchester Siti”dan ikki ochko ortda qolmoqda.







