"Real" klubi Alfonso Devis bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi
Jamoa boshqa futbolchini sotib olmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni sotib olmoqchi emas.
Manbaga ko'ra, "Real Madrid" kelasi mavsum boshlanishidan oldin himoya chizig'ini mustahkamlash borasidagi ustuvorliklarini o'zgartirgan. Chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan og'zaki kelishuvga erishganiga qaramay, "Los Blankos" rahbariyati "Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoroni sotib olishga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Devis barcha turnirlarda 31 ta o'yinda qatnashib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.







