Sport

Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Jamoa yarim finalda Indoneziyani mag'lub etdi.

Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi

 

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U-23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Temur Kapadze shogirdlari Parijda o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etishadi. Vakillarimiz finalda 3 may kuni Iroq – Yaponiya o‘yini g‘olibiga qarshi saf tortadi.

 

Dohada o‘tgan yarimfinal bahsining birinchi bo‘limida vakillarimiz qator imkoniyatlarga ega bo‘lishsa-da, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda Jasurbek Jaloliddinov va Husayn Norchayev zaxiradan maydonga tushirilgach, hujumkorlik oshdi.

 

63-daqiqada indoneziyaliklar hisobni ochgan bo‘lsa-da, VAR tekshiruvidan keyin bosh hakam o‘yindan tashqari holatni qayd etib, golni bekor qildi. 68-daqiqada esa Muhammadqodir Hamraliyevning uzatmasini Norchayev golga aylantirib, hisobni ochdi – 1:0.

 

84-daqiqada indoneziyaliklar sardori Rizqi Ridho Jasurbek Jaloliddinovga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Abduqodir Husanovning bosh bilan yo‘llagan zarbasini raqib himoyachisi Arhan o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi – 2:0.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘zbek futbolida tarix yaratdi va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kapadze shogirdlari 3 may kuni finalda Iroq – Yaponiya bahsi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi | Zamon.uz