"Bavariya" yaxshiroq o'ynadi"
Kimmix "Real" bilan durang haqida gapirdi.

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Joshua Kimmix Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Real”ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O'ylashimcha, biz yaxshiroq o'ynadik va gol urish uchun aniqroq imkoniyatlarga ega bo'ldik. Albatta, raqib penaltidan hisobni tenglashtirgani alamli holatga aylandi. Ammo, biz kurashga qodir ekanimizni ko'rdik, o'yinni nazorat qilgan va vaziyatlar yaratgan paytlarimiz ham bo'ldi. Buni keyingi haftada ham qilishimiz mumkin. Hozircha hech narsa hal qilingani yo'q", - dedi Kimmix.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Bavariya” uchrashuvi Myunxendagi "Alyans Arena"da bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 8-may kuni o'tkaziladi.







