Sport

Kroos Madridga qanday kelib qolgandi?

U 10 yil davomida "Real Madrid" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi.

Kroos Madridga qanday kelib qolgandi?

 

"Men "Real Madrid"da vaziyat qanday ekanini bilaman. Bu yerda siz unvonlarni yutib olishingiz kerak. Muxlislarni xursand qilish uchun men borimni beraman", - deb va'da bergandi Toni Kroos 2014-yilning yozida "Bavariya"dan Madrid klubiga o'tganidan keyin. Ha u aldamadi. Nemis futbolchisi Madriddagi 10 yillik faoliyati davomida uch karra Ispaniya chempioni, 4 karra Chempionlar ligasi g'olibi va to'rt karra UEFA Superkubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, hozirda yana chempionliklar sari dadil bormoqda.

 

U "qaymoqranglilar" safida 459 ta uchrashuvda, 28 ta gol urdi va 96 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dunyoning yetakchi insayderi Fabritsio Romanoning fikricha, Kroos Madridda kamida yana bir yil o'tkazadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, nemisning Ispaniyadagi yutuqlari uzoq emas. Toni "Real"dan ko'ra, "Bavariya"ga ko'proq bog'langan. Yarim himoyachi Myunxen jamoasida qanday o'ynagan? Nima uchun va qanday sharoitda u jamoasini o'zgartirdi? Quyida bu haqda to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

 

Toni hali ham myunxenliklar uchun eng yosh debyutantlardan biri bo'lib qolmoqda. U birinchi marta 17 yosh, sakkiz oy va 22 kunligida jamoaning asosiy tarkibidan joy olgan. 2007-yilning kuzida o'sha paytdagi hujumkor yarim himoyachi rekordchiga aylandi. Bir oy o'tgach, Ottmar Xitsfeld Kroosni UEFA kubogi guruh bosqichida o'ynashiga imkon berdi. Bir yarim mavsumda 19 ta o'yin o'tkazgan va ko'pincha zaxirada o'ynagan yarim himoyachi "Bayer"ga bir muddat ijaraga beriladi. Va u yerda tezda Yupp Xaynkesning ishonchini qozonib, Leverkuzendagi yetakchilardan biriga aylanadi. 2009/2010-yilgi mavsumda Toni 9+8 ko'rsatkichini qayd etadi va klubga sakkiz yil ichida ilk kumush medalini qo'lga kiritishiga yordam beradi. 20 yoshli yigit uchun bu yomon natija emas edi. Shundan so'ng, Kroos o'sha paytda Lui van Gal boshqaruvidagi myunxenliklar safiga qo'shiladi. Ammo, u yerda futbolchi o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish eta olmaydi. Shundan keyin uning eski do'sti Xaynkess Myunxen jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Yupp davrida ham Toni so'nggi yillarda biz o'rganib qolgan maydon markazida o'ynamas edi: u hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qilardi. Asosiy o'zgarish Pep Gvardiola davrida sodir bo'ldi. Toni atrofida o'yin qurgan murabbiy uni markazga olib chiqdi.

 

“Gvardiola so‘nggi daqiqalargacha “Bavariya”da qolishimni xohlagan. Agar o'zimning futbol uslubim uchun mukammal murabbiyni tanlashim kerak bo'lsa, bu Pep bo'lardi. Uning rahbarligida ishlash menga yoqdi. U meni kuchliroq qildi”, - degan Kroos.

 

2014-yilda Kroos terma jamoa bilan jahon chempioniga aylanadi. Turnir davomida esa uning "Real"ga o'tishi ma'lum bo'ldi. Uning shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan edi, shuning uchun madridliklar nemis uchun bor-yo'g'i 25 million yevro to'lagan, o'shanda ham bu hayratlanarli edi. Bu vaqtda ham Pep Gvardiola uni jamoada saqlab qolishga harakat qildi. Ular bir necha marta muloqot qilishdi, lekin hammasi kech bo'lgandi.

 

Kroos Myunxenda 205 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan va 49 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bundan tashqari, 11 ta sovrin, jumladan, bitta Chempionlar ligasi va uchta Bundesliga g'olibligini qo'lga kiritgan. Agar myunxenliklar u bilan shartnomani uzaytirganda, ehtimol, nisbat butunlay boshqacha bo'lardi. Turli ommaviy axborot vositalari doimo Tonini qaytarish kerakligi haqida gapiradi. U har doim muloyimlik bilan Myunxenga qaytishni rad etadi: "Bir narsani aniq aytaman - matbuotdagi turli mish-mishlarga qaramay, men "Bavariya"ga qaytmayman. Bu sodir bo'lmaydi. Hozirgi klubim bilan yaxshi munosabatdaman va uni juda yaxshi ko'raman. Shuning uchun men ketmoqchi emasman”, - deya tan olgandi Kroos 2022-yilning kuzida. O'shandan beri bir yarim yil o'tdi va orada uning ba'zi fikrlari o'zgargan bo'lishi ham mumkin.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kroos Madridga qanday kelib qolgandi? | Zamon.uz