Sport

"Bavariya"da jiddiy yo‘qotish bor

Jamoa kelayotgan haftada Madridga safar qiladi.

"Bavariya"da jiddiy yo‘qotish bor

 

Kelayotgan haftada Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. "Borussiya" PSJ mehmoni bo‘lsa, "Real" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi. "Santyago Bernabeu"dagi o‘yin oldidan myunxenliklar tarkibida jiddiy yo‘qotish bor.

 

Bundesliganing 32-turidan o‘rin olgan "Shtutgart"ga qarshi bahsda Tomas Tuxel shogirdlari mag‘lubiyatga uchrashdi. 17-daqiqada Rafael Gerreyro jarohat olib, maydonni tarki etdi. Uning o‘rniga esa Leron Goreska o‘yinga qo‘shildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi to‘pig‘idan lat yegan va keyingi bellashuvlarni o‘tkazib yuboradi. Uning uchun mavsum o‘z yakuniga yetgan bo‘lishi ham mumkin.

 

O‘tgan yozda "Bavariya"ga erkin agent sifatida o‘tgan Gerreyro so‘nggi paytlarda jamoaning muhim a’zolaridan biriga aylana oldi. "Real"ga bilan bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda zaxirada qoldirilib, ikkinchi taym boshida maydonga tushirilgandi. Bu safar boshlang‘ich tarkibga kiritilishi kutilayotgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Bavariya"da jiddiy yo‘qotish bor | Zamon.uz