"Sabr qilishlari kerak
Karvaxal yoshlarga maslahatlar berdi.

"Real Madrid"ning 32 yoshli o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Madridda muvaffaqiyat qozonish uchun yosh futbolchiga nima kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
“Madridda muvaffaqiyatga erishish uchun futbolchiga nima kerak? Bir necha yil oldin men ham ulardan biri edim, lekin hozir yoshlar yaxshi tayyorgarlik bilan kelishadi. Ular qayerdaligini bilishadi. Men ulardan sabr qilishlarini so'rardim", - dedi Karvaxal.
Himoyachi Daniel Karvaxal "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2013-yilda "Bayer"da to'liq mavsumni o'tkazgandan so'ng "Los Blancos"ning asosiy jamoasiga qo'shilgan. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







