0

Yevro-2024da porlashi kutilayotgan yosh yulduzlar

Musobaqa boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda.

Yevro-2024da porlashi kutilayotgan yosh yulduzlar

 

Yirik xalqaro turnirlar har doim yangi yulduzlarni kashf qiladi. Yevro-2024 ham bundan mustasno emas. Gap, Germaniyadagi turnirdan keyin superyulduz bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchi haqida ketmoqda.

 

Florian Wirtz (Germaniya terma jamoasi, 21 yosh)

 

Wirtz "Bayer"ning yetakchilaridan biri. Ammo Florian Germaniya terma jamoasida porlamadi. U 2022-yilgi jahon chempionatini jarohati tufayli o'tkazib yubordi. Wirtz terma jamoa tarkibida hech qachon to'liq 90 daqiqa o'ynamagan. 13 uchrashuvda esa atigi 3 ta (1+2) samarali harakat qildi. Yevropa chempionatida Florian, albatta, Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'ladi. Buning uchun unda juda yaxshi imkoniyat mavjud.

 

Janluka Skamakka (Italiya terma jamoasi, 25 yosh)

 

2023/2024-yilgi mavsum Skamakka faoliyatidagi eng yaxshisi bo'ldi. “Atalanta” safida u 44 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoa bilan birga Janluka klub tarixida ilk bor Yevropa ligasida g‘olib chiqdi, Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi va Italiya kubogi finaliga chiqdi. Forvard Italiya terma jamoasidagi debyutini 2021-yilda o'tkazgan, biroq hali ham jamoada o'zini ko'rsata olgani yo'q. Yevro-2024da Skamakka italiyaliklarning asosiy hujumchisiga aylanadi.

 

Arda Guler (Turkiya terma jamoasi, 19 yosh)

 

Guler hozirgi avlodning asosiy iste’dodlaridan biridir. 19 yoshli futbolchi 2023-yilning yozida "Real"ga o'tgan edi. Ammo hozirgacha Ardaning Ispaniyadagi faoliyati omadli kechgani yo'q: unga katta raqobat va bir nechta jarohatlar ta'sir ko'rsatmoqda. Biroq, La Ligadagi so'nggi beshta o'yinda Arda beshta gol urdi. Yevro-2024da Guler o'zini ko'rsatish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi. Turkiyani 2008-yildan beri ilk pley-off bosqichiga olib chiqish, shuningdek, butun dunyoga o'zini baland ovozda e'lon qilish imkoniyati mavjud. Shunda, balki unga keyingi mavsumda Anchelottiga tez-tez ishonch bildirila boshlar.

 

Vitinya (Portugaliya terma jamoasi, 24 yosh)

 

"PSJ"ning ko'rinmas qahramoni. Vitinya haqida kam gapiriladi, lekin u parijliklarning eng yaxshi yarim himoyachisi. 24 yoshli futbolchi katta mahoratga ega. Portugaliya terma jamoasi hujumda ko'plab yulduzlardan foydalanishi mumkin. Ammo hujum va himoyani bog'laydigan futbolchilar unchalik ko'p emas. Shuning uchun, agar portugaliyaliklar Yevroda muvaffaqiyat qozonishsa, mehnatning katta qismi Vitinya kabi futbolchilarga tushishi aniq.

 

Niko Uilyams (Ispaniya terma jamoasi, 21 yosh)

 

Niko "Atletik"ning yosh yulduzi va Ispaniyaning Yevro-2024dagi umidlaridan biri. Uilyams 2022-yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. Keyin ispanlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo endi Yevropa chempionatida yaxshiroq o'ynash uchun unda qo‘shimcha motivatsiya bor.

 

Georges Mikautadze (Gruziya terma jamoasi, 23 yosh)

 

2023/2024-yilgi mavsumning birinchi yarmi vinger uchun omadsiz keldi. 2023-yilning yozida Mikautadze 16 million yevro evaziga "Metz"dan “Ayaks”ga o‘tdi, ammo Gollandiyada Jorj uchun hammasi ko'ngildagidek kechmadi. Olti oy ichida u bor-yo‘g‘i sakkizta o‘yin o‘tkazdi, birorta ham samarali harakat qilolmadi. Qishda esa yana "Mets"ga qaytdi. Bu yerda esa 20 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Joan Bakayoko (Belgiya terma jamoasi, 21 yosh)

 

"PSV" Gollandiya chempionligini ishonchli tarzda qo'lga kiritdi. Eyndxovenliklarning yetakchilaridan biri Joan Bakayoko bo'ldi. 21 yoshli vinger 33 turda 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati esa 10 million yevrodan 45 million yevroga ko‘tarildi, Bakayokoga “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “PSJ” va “Borussiya Dortmund” qiziqish bildirmoqda. Agar Yevro-2024 da o'zini yaxshi ko'rsatsa, yangi mavsumda uni top-klubda albatta ko'ramiz. Domeniko Tedesko boshchiligidagi Belgiya hal qiluvchi bosqichlarga yetib borishi mumkin, Bakayokoda esa Yevroning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi imkoniga ega .

 

Yusuf Fofana (Fransiya terma jamoasi, 25 yosh)

 

Fransiya jamoasining hujum chizig'i dunyodagi eng kuchli hujum chiziqlaridan biri hisoblanadi. Yusuf Fofana ajoyib markaziy yarim himoyachi, ammo u haqida ko'p gapirilmaydi. Garchi u, "Monako"ning Liga 1da 2-o'rinni qo'lga kiritishida asosiy rollardan birini bajargan bo'lsada.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

custom img

APL. "Manchester Siti" “Liverpul”ni mag‘lub etdi

O'yinda Abduqodir Husanov kichik jarohat oldi.

custom img

“Barselona” bosh murabbiyi ishdan ketishi mumkin

Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik Xuanning kelajagi klub prezidentligi saylovlari natijasiga bevosita bog‘liq ekani aytilmoqda.

custom img

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin: “Inter Mayami” transferni ko‘rib chiqmoqda

Devid Bekxem ikki futbol afsonasini faoliyatining so‘nggi bosqichida bitta klubda birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"