O'zbekiston

Toshkentda FVV mashinasi avariyaga uchradi

U chaqirilgan manzilga ketayotgan bo‘lgan.

Toshkentda FVV mashinasi avariyaga uchradi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo'l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Holat 11 iyul kuni  soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo'lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo'layotgan manzilga ketayotganda Lacetti bilan to'qnashib ketgan.

 

YTH oqibatida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"