0

Sadir Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston prezidenti 18−19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Sadir Japarov O‘zbekistonga keladi

 

Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Qirg‘iziston rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar "o‘zaro manfaatli barcha sohalarda" hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

 

Ikki davlat rahbarlari Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida, shuningdek, amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ishga tushirilishida ishtirok etadi.

 

Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi tashkil etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"