O'zbekiston

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalariga start berishdi

Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalariga start berishdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

 

Jumladan, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda "Cobalt," "Oniks" va "Treker" rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘iladi.

 

Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o‘rnatildi.

 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

custom img

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

custom img

Jizzaxda fuqaroning mol-mulki MIB orqali olib berildi

Natijada undiruvchiga tegishli bo‘lgan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda olib berilib, uning huquqi tiklandi.

custom img

Jizzaxda kredit qarzlari sabab mashinalar xatlanmoqda

Banklar oldidagi kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan qarzdorlarga tegishli, kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulklar belgilangan tartibda aniqlanib, xatlash choralari qo‘llanilmoqda.

custom img

Kredit qarzi sabab Malibu auksionga chiqarildi

Endilikda avtomashina sotuvidan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan tanilgan afsonaviy bokschi 76 yoshda vafot etdi.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

Shuningdek, chegaradagi navbatlarni qisqartirish, elektron vizalarni joriy etish va yuk tashuvlarini jadallashtirish masalalri ko'rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"