O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilganini alohida taʼkidladi.

 

Ushbu tashrif doirasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da yuqori darajaga olib chiqishga o‘zaro intilishdan dalolat bo‘lishi qayd etildi.

 

Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ekani ko‘rsatib o‘tildi. Kuni kecha o‘tgan biznes forumi muvaffaqiyatli bo‘ldi, yakunida yangi kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.

 

Bu galgi tashrif doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sohalarida kooperatsiya loyihalari ishga tushiriladi.

 

Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga ustuvor eʼtibor qaratildi.

 

Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi.

 

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yana-da kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

 

Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu hafta mamlakatimizda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha Samarqandda ikkinchi Rektorlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tomonlar kelgusi yillarga mo‘ljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlashga kelishib oldilar.

 

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

custom img

Elektrotexnika sanoatiga 2030-yilgacha 3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

Shu bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

custom img

Toshkentda sovuq suv ham o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

custom img

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.

custom img

Naqd pulda 176 mln so‘mgacha to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Yangi tartib bilan tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilishning amaldagi 25 mln so‘mlik chegarasi sezilarli darajada kengaytiriladi.

custom img

Chorvoqdagi fojia: cho‘kkan uch kishidan ikkinchisining jasadi ham topildi

Hozirda otaning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"