Toshkentda aliment to‘lamagan 2 ota qamaldi
Maʼlum bo‘lishicha, ular alimentdan bo‘yin tovlab kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2023 yil 16 noyabrdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor D.M.dan undiruvchi z.M. foydasiga ikki nafar farzandi voyaga yetguniga qadar har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq qarzdor ota belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani oqibatida 2026 yil 1 noyabr holatiga 7 mln 379 ming so‘m aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, qarzdor aliment majburiyatini bajarmagan. Shu sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47⁴-moddasi asosida to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Uchtepa tuman sudining 2026 yil 27 oktyabrdagi qarori bilan D.M. huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2018 yil 20 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.R.dan undiruvchi l.T. foydasiga bir nafar farzandi taʼminoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, qarzdorning 2026 yil 1 noyabr holatiga aliment bo‘yicha qarzdorligi 21 mln 641 ming 323 so‘mni tashkil etgan.Qarzdorga bir necha bor ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, u farzandi taʼminoti uchun belgilangan majburiyatni bajarmagan. Natijada unga nisbatan ham MJtKning 47⁴-moddasi asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Uchtepa tuman sudining 2026 yil 27 oktyabrdagi qarori bilan D.Riskulov ham huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.







