O'zbekiston

Toshkentdagi yirik media forumda axborot suvereniteti va yangi hamkorlik ufqlari belgilab olindi

O‘zbekiston–Rossiya III media forumida 200 dan ortiq vakil ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida media hamkorlik, axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalar muhokama qilinmoqda.

Toshkentdagi yirik media forumda axborot suvereniteti va yangi hamkorlik ufqlari belgilab olindi

 

Toshkentdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi III media forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) va Rossiyaning “TASS” axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat idoralari, yetakchi media tashkilotlari, IT-sektor va kreativ industriyadan 200 dan ortiq vakil ishtirok etmoqda.

 

Forumning ochilish marosimi va yalpi majlisida Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov nutq so‘zladi. U O‘zbekiston media makonidagi o‘zgarishlar, global axborot muammolari va ikki mamlakat media hamjamiyati oldidagi ustuvor vazifalar haqida gapirdi.

 

O‘zbekiston media makonidagi o‘zgarishlar

Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi media hamkorlik ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi do‘stlik hamda o‘zaro ishonchga asoslangan strategik sheriklikning bir qismidir.

 

U mamlakatda so‘nggi yillarda media sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida ham ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2 700 ga yaqin ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritadi. Ularning 67 foizi xususiy sektorga tegishli.

 

Joriy yilda nashriyot sohasida ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshib, 15 ming nomdagi kitob 60 million nusxadan ortiq umumiy adadda chop etilgan.

 

Internet qamrovi esa 94 foizga yetgan. 2017-yilda faol kontent iste’molchilari soni 14,7 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 32,7 milliondan oshgan.

 

Shuningdek, yil davomida Kontent markazi tomonidan tayyorlangan 26 mingdan ortiq media mahsulot qariyb 2 milliard marta tomosha qilingan. Markaziy Osiyoda ilk bor Milliy mediabank ham ishga tushirilib, O‘zbekiston haqidagi o‘n minglab foto va videomateriallar ochiq foydalanish uchun taqdim etilgan.

 

Dezinformatsiyaga qarshi hamkorlik

Prezident matbuot kotibi sun’iy intellekt rivojlanishi bilan feyk va dipfeyk materiallar ko‘payib borayotganini ta’kidlab, dezinformatsiyaga qarshi kurashish milliy xavfsizlik darajasidagi masalaga aylanganini qayd etdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat media tizimi bunday tahdidlarga qarshi yakka holda samarali kurasha olmaydi. Shu bois axborotning haqqoniyligini ta’minlash, uni manipulyatsiya vositasiga aylantirishning oldini olish va faktlarni tekshirishda hamkorlik qilish muhim.

 

“Turli dezinformatsiya va axborot hujumlari davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida tushunmovchilik hamda ixtilof paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmasligi kerak. So‘z ixtilof emas, balki o‘zaro anglashuv manbai bo‘lishi lozim”, — dedi Sherzod Asadov.

 

Hamkorlikning to‘rt ustuvor yo‘nalishi

Sherzod Asadov O‘zbekiston va Rossiya media hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha to‘rtta ustuvor yo‘nalishni ilgari surdi:

  • Tajriba almashish va kadrlar tayyorlash. Ikki mamlakat jurnalistika maktablari tajribasini birlashtirish, tizimli stajirovkalar, qo‘shma jurnalistika maktablari va ta’lim platformalarini tashkil etish.

  • Dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish. Axborotni tekshirish bo‘yicha umumiy standartlar ishlab chiqish va ekspertlar salohiyatini birlashtirish. Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda maxsus ta’lim platformasi orqali 11 ming nafar yosh mutaxassis o‘qitilgan.

  • Texnologik sheriklik. Raqamli platformalar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar. Tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

 

Sherzod Asadov nutqini Alisher Navoiyning “Kimki do‘st topsa, xazina topibdi” degan hikmatli so‘zlari bilan yakunladi. Uning ta’kidlashicha, Toshkentdagi forum yangi hamkorlar topish, qo‘shma loyihalarni boshlash va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon hisoblanadi.

 

Forum doirasidagi tadbirlar to‘rtta yirik panel sessiyasi, kibermakonda axborot xavfsizligi va bolalarni himoya qilishga bag‘ishlangan maxsus seminar hamda B2B muzokaralari bilan davom etmoqda.

O‘zbekiston 2030-yilgacha mis ishlab chiqarishni 500 ming tonnaga yetkazmoqchi

O‘zbekiston 2030-yilgacha mis ishlab chiqarishni 500 ming tonnaga yetkazmoqchi

Mamlakatda 47 million tonna mis zaxirasi mavjud.

Elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari xalqaro moliya bozoriga chiqmoqda: korxonalarga 50 ming dollargacha kompensatsiya beriladi

Elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari xalqaro moliya bozoriga chiqmoqda: korxonalarga 50 ming dollargacha kompensatsiya beriladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki sanoat korxonalariga 2–3 milliard dollar resurs ajratishga tayyor.

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi monitoringida 110 nafar blogerning sahifalari kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.