O'zbekiston

Kreditdan qarzdor to‘qimachilik korxonasi xatlandi

Hozirda bino 31,8 mlrd so‘mga baholanib elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

Kreditdan qarzdor to‘qimachilik korxonasi xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor B.T.I. MCHJdan undiruvchi “Mikrokreditbank” Xorazm BXO foydasiga 918,8 ming AQSH dollar asosiy qarz, 440,2 ming AQSH dollar foiz, undirish belgilangan.

 

Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.

 

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, B.T.I MCHJga tegishli bo‘lgan To‘qimachilik tekstili davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olindi hamda 31,8 mlrd so‘mga baholanib elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.