O'zbekiston

Jizzaxda kreditdan qarzdorlarning mulklari xatlanmoqda

Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, ular auksionga chiqariladi.

Jizzaxda kreditdan qarzdorlarning mulklari xatlanmoqda

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari doirasida banklar foydasiga undiruvni amalga oshirish maqsadida bir qator ijro harakatlari olib borildi.

 

Xususan, qarzdorlik majburiyatlarini bajarmagan 10 dan ortiq qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari hamda avtotransport vositalari belgilangan tartibda xatlovga olindi.Mazkur choralar banklar oldidagi qarzdorlikni undirish va ijro hujjatlari talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.

 

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, xatlangan mol-mulklar qonunchilikda belgilangan tartibda baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.