0

Fuqaro bir tup terak kesgani uchun 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Holat Surxondaryo viloyatida sodir bo'lgan.

Fuqaro bir tup terak kesgani uchun 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

 

Surxondaryoda bitta daraxt kesgani uchun fuqaroga 10 tup daraxt ekib, uni parvarish qilish majburiyati yuklatildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Sho‘rchi tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro xonadoni oldida o‘sib turgan o‘suvchanligini yo‘qotmagan bir tup terak daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgan.

 

Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro E.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari 8 million 500 ming so‘m hisobida ma’muriy jarima belgilandi. Ushbu holat natijasida tabiatga 5 million 440 ming so‘m zarar yetkazilgan.

 

Shuningdek, fuqaroga kesilgan bir tup daraxt uchun kompensatsiya tarzida 10 tup ko‘chat ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"