Sport

Pogbaga qo'yilgan jazo yengillashtirildi

Futbolchi bir yarim yildan so'ng yana futbolga qaytishi mumkin.

Pogbaga qo'yilgan jazo yengillashtirildi

 

Pol Pogba tez orada maydonga qaytadi. Sport arbitraj sudi (CAS) fransiyalik futbolchiga nisbatan qo‘yilgan taqiqni qisqartirganini e’lon qildi. To'rt yil o'rniga Pogba atigi 18 oyni (bir yarim yil) o'tkazib yuboradi. Yarim himoyachining diskvalifikatsiyasi 2023-yilning 11-sentabridan boshlab hisoblanadi. Shunday qilib, Pol 2025-yilning mart oyida rasmiy o'yinlarga qaytishi mumkin.

 

“Nihoyat, bu dahshatli tush tugadi. CAS qaroridan keyin men orzularimga yana ergashishim mumkin bo'lgan kunni intiqlik bilan kutaman. Doim ta'kidlab kelganmanki, men hech qachon qoidalarni bila turib buzganim yo'q. Men halol o'ynadim, lekin baribir o'z qoidabuzarligimni to'liq javobgarlik bilan tan olishim kerak. Tushuntirishlarimni tinglagan CAS sudyalariga rasman minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu mening hayotimdagi juda og'ir vaqt edI".

 

2023-yilning 20-avgustida A Seriyaning “Udineze” bilan o‘yinidan so‘ng Pogba doping-testdan o‘tdi va shundan so‘ng “Yuventus” futbolchisida testosteron darajasining ortgani ma’lum bo‘ldi. Bu xabardan keyin "Yuventus" futbolchini ehtiyot chorasi sifatida futboldan chetlatdi. Qonunga ko'ra, Pol Italiyada doping iste'mol qilgani uchun ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin edi. Agar taqiqlangan moddalar qasddan olinganligi isbotlanganida u to'rt yil maydonga tusha olmasdi. Sentabr oyida futbolchi ikkinchi doping namunasi ochilgunga qadar profilaktik diskvalifikatsiya oldi. O'sha paytda bu haqda "ESPN" nashri xabar berdi: "Pogba Mayamidagi shifokor do'sti unga parhez qo'shimchalarini olishni tavsiya qilganini tan oldi va ma'lum vaqt davomida ularni qabul qildi. Shu bilan birga, futbolchi planshetlardagi testosteron miqdori haqida bilmaganiga oydinlik kiritdi. Ammo u o'z xatosini tan oldi va klubni moddalar xaridi haqida xabardor qilmagani hamda ulardan foydalanish uchun klub shifokorlaridan ruxsat so'ramaganidan afsusda ekanligini bildirdi".

 

Ikkinchi doping-testi Pol uchun ham ijobiy chiqdi. Pogba aybini tan olgan taqdirda bu jazo muddatini qisqartirishga yordam berardi. "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, Pogba olgan dori varaqasida doping aniqlanishi xavfi aniq ko'rsatilgan, biroq futbolchi ko'rsatmalarni o'qimagan. Diskvalifikatsiya davri boshlanganidan so'ng, Pol jazo muddatini qisqartirish uchun advokatlar bilan kurashdi. Shu bilan birga, Pogba mashg'ulotlar ham o'tkazdi, Fransiya terma jamoasini Yevro-2024da qo'llab-quvvatladi va "4 nol" komediya filmida rol o'ynadi. Oktabr oyining boshida esa Pogba uchun ajoyib yangilik aytildi. Sport arbitraj sudi futbolchining taqiqlangan testosteron darajasini oshiruvchi moddani qabul qilgani haqida qaror chiqardi. Fransuz bu qaror ustidan muvaffaqiyatli apellyatsiya berdi va diskvalifikatsiya muddati 18 oyga qisqartirildi. 2025-yilning yanvarida Pogba klub bilan mashg'ulotlarni davom ettira oladi va futbol o'ynash imkoniyati mart oyida paydo bo'ladi.

 

"Yuventus"ning texnik direktori Krishtianu Giuntoli rasmiy xabardan oldin ham Polning jamoaga qaytishi ehtimoli haqida shunday dedi: "Biz apellyatsiyaning yakuniy natijasini kutishimiz kerak. Keyin qaror qabul qilamiz. Pogba ajoyib futbolchi, lekin u uzoq vaqtdan beri o'ynamadi". Turinliklar bosh murabbiyi Tiago Motta ham aniq ma'lumot bermadi: "Pogba bilan nima qilishni klub hal qiladi. U zo'r futbolchi edi, lekin uzoq vaqt o'ynamadi. Men faqat hozirgi kunga e'tibor qarataman."

 

Insayder Nikolo Shiraning aytishicha, Pogba "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Ayni vaqtda futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati va MLS vakillari qiziqish bildirishmoqda.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"