O'zbekiston

Qashqadaryoda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashdi

Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashdi

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta taʼlim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. va 10-B sinf o‘quvchisi E.O‘. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘. ni yuz sohasiga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida birgalikda yiqilib tushishgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘. larning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"