O'zbekiston

Hokim o‘rinbosari 7 yilga qamaldi, yana biri pora bilan ushlandi

DXX tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi.

Hokim o‘rinbosari 7 yilga qamaldi, yana biri pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari tumandagi Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining maʼmuriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur obyektdagi kamchiliklarni solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan bartaraf etib berish evaziga 15 mln. so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi ham qo‘lga olindi.

 

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda davlat unitar korxonasining yetakchi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i olib berish evaziga 20 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 mln. so‘m hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablag‘i ajratib berish evaziga 2 mln. so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 9 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 214-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Avval xabar berilganidek, joriy yilning may oyida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumani hokimining o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish hamda faoliyatiga hech kim aralashmasligini taʼminlash evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.

 

Hovos tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Toşkentda havo sifati: tunning ikkinçi yarmida yaxşilaniş kutilmoqda

Toşkentda havo sifati: tunning ikkinçi yarmida yaxşilaniş kutilmoqda

28-noyabr tongiga borib havodagi ifloslantiruvçi zarraçalar miqdori kamayib, havo sifati yana mötadil darajaga qaytadi.

ÖzLiDeP 4-dekabr kuni navbatdagi Kongressini ötkazadi

ÖzLiDeP 4-dekabr kuni navbatdagi Kongressini ötkazadi

Unda 1500 nafar delegat iştirok etadi.

Saida Mirziyoyeva “2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning oçiliş marosimida iştirok etdi

Saida Mirziyoyeva “2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning oçiliş marosimida iştirok etdi

Saida Mirziyoyeva xorijiy delegatsiyalarga Prezident Şavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazdi.

Yangi Toşkentda 7,18 milliard dollarlik 20 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda

Yangi Toşkentda 7,18 milliard dollarlik 20 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda

Shaharning birinchi bosqichi doirasida esa 50 milliard dollarlik loyihalarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.

Xorijlik fuqarolar uçun yangi mukofot: “Özbekiston ehtiromi” ordeni ta’sis etilmoqda

Xorijlik fuqarolar uçun yangi mukofot: “Özbekiston ehtiromi” ordeni ta’sis etilmoqda

Senatorlar xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda xalqaro taşkilot vakillarini Özbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun taqdirlaş tartibini belgilovçi qonunni ma’qulladi.

Özbekistonda YAIM hajmi: 9 yillik körsatkiçlar qayta hisoblandi

Özbekistonda YAIM hajmi: 9 yillik körsatkiçlar qayta hisoblandi

Bunda özgariş real iqtisodiy ösiş emas, statistik ma’lumotlarning töliqroq şakllantiriş hisobiga röy bergan.

“Moyka”da qoldirilgan Nexia-2 o‘g‘irlab ketildi: gumonlanuvchi qo‘lga olingan

“Moyka”da qoldirilgan Nexia-2 o‘g‘irlab ketildi: gumonlanuvchi qo‘lga olingan

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yildi: 122 nafar xorijlik qo‘lga olindi

Toshkentda noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yildi: 122 nafar xorijlik qo‘lga olindi

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.