O'zbekiston

Ukrainaga qarshi jangda qatnashgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

U Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yilga shartnoma tuzgan.

Ukrainaga qarshi jangda qatnashgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

4 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudida Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi to‘qnashuvda Rossiya tomonidan ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga jazo tayinlandi. Bu haqida Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

 

Aniqlanishicha, Qo‘shtepa tumanida yashovchi 51 yoshli A.X. 2023 yil may oyida Rossiyaga yollanma ishchi sifatida ishlash maqsadida borgan.

 

Ammo, u Rossiyada bo‘lishi davomida 2023 yilning noyabr oyida moddiy manfaat ko‘zlab “Rossiya-Ukraina” urushida Rossiya tarafini olib, jangovar harakatlarda ishtirok etish bo‘yicha jinoiy reja tuzgan.

 

Mazkur reja asosan A.X. 2023 yil 24 noyabr kuni moddiy manfaat evaziga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yil davomida Rossiya Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida shartnoma imzolab, Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tarafini olib, Ukrainada olib borilayotgan jangovar harakatlarda ishtirok etishga rozilik bildirgan.

 

Shundan so‘ng, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kuzatuvi ostida Rossiya-Finlandiya chegarasi yaqinida joylashgan Kaminka nomli harbiy qismga, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan 80 nafar shaxslar bilan birga joylashtirilgan. U bir necha oy davomida harbiy xizmatni o‘tagan.

 

2024 yil 4 fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligining buyrug‘i bilan o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan 79 nafar shaxslar bilan birga maxsus kuzatuv ostida (soprovajdeniya), chegarani yorib o‘tish yo‘li bilan Ukraina hududiga o‘tib, Lugans Xalq Respublikasi hududida olib borilayotgan jangovar harakatlarga jalb etilgan.

 

Jangovar harakatlar davomida A.X. shu kuni uchuvchisiz harakatlanuvchi dron orqali kelib tushgan snaryad portlashi natijasida bosh chap chakka sohasi, chap qo‘li, chap yelkasi va o‘ng oyoq kaftidan jarohatlangan va shundan so‘ng Moskva viloyati Krasnogorsk shahridagiharbiy gospitalga olib kelinib, bir oy davomida davolangan.

 

A.X. 2024 yil 4 iyul kuni Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytib kelgan.

 

Sud hukmi bilan A.X. O‘zbekiston JKning 154-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Suv namunalari laboratoriyalarda tekshirilib, belgilangan me’yorlarga mosligi aniqlangan.

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

22 yoshli yigit yo‘l bo‘yida savdo qilayotgan ayolga nomaqbul taklif bilan murojaat qilgan.

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Erkakka nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangach, u 164 mln qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

U avval maʼmuriy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmagan.

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Zominda qarzdordan undiruvchi foydasiga 30 turdagi mol-mulklar olib berildi.

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Spirtli ichimlik ta'sirida bo'lgan yigitlar ko'p qavatli uy kirish yo‘lagida kamerani sindirgan.

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Ta’lim va fan vaziri pedagoglarning maqomini oshirish, ma’muriy ishlarini kamaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqdi.