Salomatlik

JSST bachadon bo‘yni saratonining oldini olish bo‘yicha tavsiya berdi

U yiliga 350 ming nafardan ortiq ayolning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

JSST bachadon bo‘yni saratonining oldini olish bo‘yicha tavsiya berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, bachadon bo‘yni saratoni dunyo bo‘yicha yiliga 350 ming nafardan ortiq ayolning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

 

Vaholanki, mazkur patologiya — butunlay oldini olish mumkin bo‘lgan onkologik kasallik. Buning uchun uni erta aniqlash, tashxislash zarur. Shu tariqa kasallanish va o‘lim holatlarining oldini olishga erishish mumkin.

 

Ayni sababdan JSSTning bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha global strategiyasida 9-14 yoshdagi qizlarni odam papilloma virusiga karshi emlash tavsiya etilgan.

 

Qolaversa, ushbu xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi diagnostika vositalari, samarali muolaja kurslari allaqachon tibbiy amaliyotda qo‘llanilmoqda.

 

Biroq baʼzi o‘rta va past daromadga ega mamlakatlarda bu imkoniyatlar chegaralangan. Oqibatda ularda ushbu patologiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 94 foizga yetgani achinarlidir.

 

JSSTning tegishli strategiyasiga ko‘ra, 2030 yilga borib quyidagi uchta global maqsadni to‘liq amalga oshirish belgilangan:

 

  • Qizlarning 90 foizini odam papilloma virusiga qarshi to‘liq emlash.
  • Ayollarning 70 foizini o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazishni taʼminlash.
  • Saratonoldi holatlar aniqlangan ayollarni davolash qamrovini 90 foizga yetkazish.

 

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlarni emlash qamrovini oshirish va soddalashtirilgan skrining dasturlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab milliy emlash kalendariga bachadon bo‘yni saratoniga qarshi qo‘llaniluvchi OPV vaksinasi kiritilgan bo‘lib, har yili 9 yoshli 350 ming nafardan ortiq qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanmoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"