O'zbekiston

Prezident Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi

Viloyatga kelgusi yil 1,5 milliard dollar investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Prezident Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. 

 

So‘nggi yillarda Xorazmda tadbirkorlik, agrosanoat va xizmatlar izchil rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbarining yil boshidagi amaliy tashrifi hamda unda belgilangan vazifalar bunga qo‘shimcha surʼat bag‘ishladi.

 

Viloyatga kelgusi yil 1,5 milliard dollar investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Bu ko‘plab korxonalar, ish o‘rinlari va turmush farovonligiga asos bo‘ladi.

 

Masalan, Qo‘shko‘pir tumanida 175 gektar yer sanoat zonasiga qo‘shib berilsa, 1 milliard dollarlik loyihalarga yo‘l ochiladi. U yerda elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va farmatsevtika yo‘nalishida 2 mingta ish o‘rni yaratiladi.

 

Shovot kanalining himoya zonasi 50 metrdan 25 metrga qisqartirilsa, 30 million dollarlik loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. U yerda 1 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2,5 mingta yangi ish o‘rni ochiladi. G‘azovot va Polvon kanallari atrofida ham 50 million dollarlik loyihalar uchun imkoniyat bor.

 

Qishloq va suv xo‘jaligida ham omilkorlik zarur. Masalan, Qo‘shko‘pirda parrandachilik, Bog‘ot tumanida baliqchilikni kengaytirish uchun sharoit yetarli. Yangiariqda suv taʼminotini yaxshilab, poliz, sholi va baliq yetishtirish hisobidan 1,2 ming kishini ishli qilish mumkin.

 

Ijtimoiy sohada ham takliflar ko‘p. Xususan, sifatli taʼlimga ehtiyoj yuqori. Shu bois 44 ta maktab va bog‘chani taʼmirlash, davlat-xususiy sheriklik asosida yangilarini qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, Urganch, Bog‘ot, Shovot va Yangibozor tumanida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etish mo‘ljallangan.

 

Davlat rahbari bu takliflarni mujassam qilib, qaror loyihasi tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Imkoniyatlarni natijaga aylantirib, odamlarni ish bilan taʼminlash va daromadini oshirish muhimligini taʼkidladi.

custom img

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

custom img

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari tabrigida O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashayotganini qayd etib, professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi.

custom img

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 15 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

Huquqbuzarlar qo‘riqxona xodimlarining to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan va voqea joyidan qochib ketgan.

custom img

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"