Surxondaryodagi saunada 1,8 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro xonadonida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, “sauna” ishlatgan.
Oqibatda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln so‘mlik zarar yetkazilgan, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.







