O'zbekiston

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida nominal ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga, real ish haqi esa 10,9 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning 2026-yil II choragi bo‘yicha Mehnat bozori sharhida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, real ish haqining 10,9 foizga o‘sishi so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. Markaziy bank buni, asosan, narxlar o‘sishining sekinlashishi bilan izohlagan.

 

Hududlar kesimida real ish haqining eng yuqori o‘sishi Jizzax viloyatida qayd etilgan — 13,3 foiz. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 11,8 foizni, Toshkent shahrida esa 10,7 foizni tashkil etgan.

 

Real ish haqining eng past o‘sishi Andijon viloyati — 7,9 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 8,6 foiz qayd etilgan.

 

Tarmoqlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelgan — 19,1 mln so‘m. Axborot va kommunikatsiya xizmatlarida o‘rtacha ish haqi 17,4 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Eng past o‘rtacha ish haqi qishloq xo‘jaligida — 3,5 mln so‘m, ijtimoiy xizmatlarda esa 4,7 mln so‘m bo‘lgan.

 

Ish haqining o‘sish sur’ati tashish va saqlash sohasida 22,8 foiz, ijtimoiy xizmatlarda 20,2 foiz, qurilishda esa 19,9 foizni tashkil etgan.

 

Markaziy bank qurilish, sanoat, tashish va saqlash sohalarida ish haqi o‘sishining tezlashishini mehnatga talabning yuqoriligi hamda malakali kadrlar uchun raqobatning kuchayishi bilan izohlagan.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyun holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 471 mingtaga yetgan. Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"