O'zbekiston

Endi bog‘chalarda davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Bog‘cha tizimida bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Endi bog‘chalarda davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Hukumat qarori bilan maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari "Bolalar bog‘chasi" axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 18 dekabrdagi qarori bilan maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

 

30 sentyabrdagi prezident farmoniga muvofiq, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori o‘rinbosariga taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish vazifalari yuklatilgandi.

 

Davlat MTTlarida xodimlar ish haqini, oziq-ovqat xarajatlari, ota-onalarga aliment bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni biometrik identifikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomatik hisoblash joriy etiladi.

 

Bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olish, bolalarni navbatga qo‘yish va MTTga joylashtirish uchun yo‘llanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining "Bolalar bog‘chasi" maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida amalga oshiriladi.

 

2025 yil 1 fevraldan Toshkent shahrida sinov tariqasida, 2025 yil 1 iyuldan esa barcha davlat MTTlarida "Bolalar bog‘chasi" axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olish joriy etiladi.

 

"Bolalar bog‘chasi" axborot tizimiga xizmat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni “UZINFOCOM” MCHJ tizim operatori amalga oshiradi, bunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ota-onalar badalining 2 foizi yo‘naltiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yildan boshlab xodimlar va bolalarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali nazoratga olishni yo‘lga qo‘yish uchun bolalar bog‘chalarini planshetlar va boshqa uskunalar bilan taʼminlash uchun davlat byudjetidan kamida 50 milliard so‘m ajratadi.

 

2025 yil 1 iyuldan fiskal belgili kassa cheki berilmasdan ota-onalar to‘lovlarini qabul qilish taqiqlanadi. Ota-onalar to‘lovlarining tushumi to‘g‘risidagi maʼlumotlar soliq organlarining axborot tizimiga avtomatik tarzda uzatiladi va qonun hujjatlariga muvofiq daromad solig‘idan ozod qilishni qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

custom img

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari tabrigida O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashayotganini qayd etib, professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi.

custom img

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 15 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

Huquqbuzarlar qo‘riqxona xodimlarining to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan va voqea joyidan qochib ketgan.

custom img

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"