O'zbekiston

Mol-mulk solig‘i oshishi mumkin

Ko‘chmas mulkning soliq hisob-kitobida yangi yondashuv joriy etiladi.

Mol-mulk solig‘i oshishi mumkin

 

Turar va noturar joylarga nisbatan mol-mulk solig‘i oshishi mumkin. Biroq, bunda soliq stavkasi emas, balki soliq solinadigan mulkning baholanish usuli o‘zgaradi.

 

Misol uchun, agar sizning uyingiz avval past baholangan bo‘lsa, soliq ham shunga mos ravishda kam bo‘lgan. Yangi tartibga ko‘ra, mulk qayta baholanadi va agar uning qiymati oshgan bo‘lsa, to‘lanadigan soliq ham ortadi.

 

Prezident farmoniga ko‘ra:

  • 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar,
  • 7 millionga yaqin yer uchastkalari iqtisodiy aktiv sifatida qayta baholanadi.

 

Shuningdek, ko‘chmas mulkning soliq hisoblash, oldi-sotdi, garovga qo‘yish va jamoat ehtiyojlari uchun davlat tomonidan olib qo‘yish jarayonlarida baholash tizimi uyg‘unlashtirilishi belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"