Ilinish – go‘zal fazilat

O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqaga ham ilinish juda go‘zal fazilatdir.

Ilinish – go‘zal fazilat

Er-xotin uzoq vaqt birga hayot kechirishdi. Turmushlariga 30 yil to‘lgan kuni ayol ertalabki nonushta uchun non pishirdi. Aslida u bu ishini har doim qilardi. Ayol odatiga ko‘ra eriga nonning tepa qismini bermoqchi bo‘ldi. Biroz o‘ylanib turdi-da: “Bugun bir marta nonning tepa qismini o‘zimga olib, tag qismini erimga beraman. 30 yil mobaynida nonning tepa qismini yegim keldi. Endi bir marta odatga xilof qilsam bo‘lar”, deb o‘yladi.

 

Eriga nonning tag qismini uzatdi. Erining nonning tag qismini olishi bilan quvonib ketdi: “Bugun qanday ham zo‘r sovg‘a berding. Men o‘zi yoshligimdan nonning tagini yeyishni yaxshi ko‘raman. Lekin menga ustini berganing uchun sen ham tag qismini yaxshi ko‘rsang kerak, deb doim tepa qismini yerdim”, dedi.

 

Xulosa shuki, birgalikdagi hayot davomida bir-birini avaylash, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqaga ham ilinish juda go‘zal fazilatdir.

 

Ramazon oyida saharlik va iftorlik paytlari shirin taomlar tayyorlab berayotgan onalarimiz, jufti halollarimizning haqlariga duo qilaylik. Tarovihlar, xatmlar so‘ngida o‘zimizga tilagan tilaklarni ularga ham ilinaylik! Zero, o‘ziga ravo ko‘rganini boshqaga ham ravo ko‘rmaguncha iymonimiz komil bo‘lmasligi haqida hadisi sharif bor.

 

Manba: Muslim.uz sayti

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.