Qarshida bosqinchilik qilgan guruh ushlandi
Ular o‘zganing uyiga kirib, pullarini olib ketgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, tumandagi Alisher Navoiy mahallasidagi xonadonlarning biriga tonggi soat 04:00 larda 3 nafar niqob kiygan nomaʼlum shaxslar devor orqali kirib, uy egasi, turmush o‘rtog‘i va o‘g‘liga tan jarohati yetkazgan. Jinoiy guruh ulardan pul talab qilib, uydagi shkafda bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib chiqib ketgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar Nexia-2 avtomashinasida davlat raqamisiz hodisa joyida harakatlangani maʼlum bo‘lgan.
Hozirda 3 nafar gumonlanuvchilar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.







