Sizda zarracha bo‘lsa ham kibr bormi?

Allohning oldidagi tavozeingiz bandalar oldida amaliy tavozega aylanmasa, bilingki sizning tavozeingizda kamchilik bor.

Sizda zarracha bo‘lsa ham kibr bormi?

Ko‘pchilikdan: “Siz mutakabbirmisiz?”, deya so‘rasangiz, ular darhol “Yo‘q” deb javob beradilar. Shunday bo‘lsa-da, sizga bir nechta savollar bilan murojaat qilamiz. Agarda siz savolimizga “Ha” deb javob bersangiz, sizda maxfiy kibr mavjuddir. Ustoz Ahmad Shuqayriy “Ëshlik xotiralari” kitobida bir qancha savollarni zikr qilgan, siz bu savollarga ochiq-oydin javob bering:

 

– Biror kishi tarafidan tanqidga duch kelsangiz, achchiqlanasizmi yoki o‘zingizni noqulay his qilasizmi, yo bo‘lmasa tezlik bilan birorta chora topib, uni o‘zingizdan yiroq qilish payiga tushasizmi?

 

– Agar biror kishining gapi sizga yoqmasa, uning gapini bo‘lasizmi?

 

– Siz o‘zingizdan yuqoriroq mansabda bo‘lgan kishining qarshisida turganingizda bezovtalik yoki xavfsirash sezasizmi?

 

– Odamlarning oldida o‘z fikringizni bildirish oldidan sizda “mening fikrimni qabul qilmasalar-chi?” degan qo‘rquv paydo bo‘ladimi?

 

– Quloq solishingizdan ko‘ra gapirishingiz ko‘pmi?

 

– Boshlig‘ingizga bo‘lgan muomalangiz bilan o‘zingizdan quyi martabadagi kishilar orasida bo‘ladigan muomalangiz o‘rtasida farq bormi? Siz odamlarga bir xilda emas, aksincha, ularning mansabidan kelib chiqib muomala qilasizmi?

 

– Biror yig‘inda kimdir siz bilan tortishib qolsa, bu shaxsiy ishingiz ekanini ro‘kach qilasizmi?

 

– Odamlar sizni qo‘llab-quvvatlamasa va sizning qarashlaringizga qo‘shilmasa, asabingiz taranglashib, achchig‘ingiz chiqadimi?

 

– Maqtov so‘zlarni eshitishga ishqibozmisiz va odamlar sizni maqtashlari uchun bor kuch-g‘ayratingizni sarflaysizmi?

 

– O‘zingizni boshqalar bilan solishtirib turasizmi? O‘zingizdan quyiroq kishilar bilan birga bo‘lganingizda yayrab ketasizmi? Gapi sizdan o‘tkirroq kishi bilan muomala qilganingizda asabiylik holatini his qilasizmi?

 

– Aziz kitobxon! Siz ham ushbu imtihondan yiqilganlar safida bo‘lsangiz, hech ajablanmang. Chunki ko‘pchilik bu imtihondan yiqiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Qalbida zarracha kibri bor kishi jannatga kirmaydi”degan hadisi shariflari ayni haqiqatdir.

 

Shu o‘rinda muhim bir savol tug‘iladi: qanday qilib tavozeli bo‘lamiz? Bu savolga qisqacha: yuqoridagi savollarni teskarisiga o‘girsak tavozeli bo‘lmoqlikka erishamiz, deya javob berish mumkin.

 

– Odamlarning gaplarini bo‘lmang, aksincha, jim turib ularga quloq soling.

 

– Ko‘proq eshiting va kamroq gapiring.

 

– Odamlarni tabaqalarga ajratib muomala qilmang.

 

– Odamlardan maqtov eshitish uchun emas, Allohning rizosi uchun amal qiling.

 

Bordi-yu, Allohning oldidagi tavozeingiz bandalar oldida amaliy tavozega aylanmasa, bilingki sizning tavozeingizda kamchilik bor.

 

Manba: Muslim.uz sayti

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

Sizda zarracha bo‘lsa ham kibr bormi? | Zamon.uz