Ro‘zaning 8 hikmati

Ro‘za inson hayotining barcha jabhalariga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi ulkan ibodatdir.

Ro‘zaning 8 hikmati

1. Ixlos va taqvo

 

Ro‘za – Alloh uchun qilingan ibodatdir. Unda riyo va namoyishkorlik bo‘lmaydi, chunki ro‘za tutgan odamni faqat Alloh biladi.

 

2. Sabr va iroda kuchini mustahkamlash

 

Ro‘za insonni nafsiga qarshi mustahkam qilib, uning irodasini kuchaytiradi. Ochlik va chanqoqqa sabr qilish orqali kishi hayotdagi boshqa sinovlarga ham chidamli bo‘ladi.

 

3. Shukr va qadriyatni anglash

 

Inson odatda neʼmatlarning qadrini uni yo‘qotganda biladi. Ro‘za tutish orqali kishi taom, suv va boshqa neʼmatlarning ahamiyatini his qiladi va Allohga shukr qilishni o‘rganadi.

 

4. Haqiqiy boylik taqvoda ekanini tushunish

 

Ro‘za tutgan odam, xoh u boy yoki kambag‘al bo‘lsin, bir xil ahvolga tushadi. Bu esa insonga moddiy boylikdan ko‘ra maʼnaviy boylik muhimroq ekanini ko‘rsatadi.

 

5. Sog‘liq va tibbiy foydalari

 

Ro‘za organizmni tozalaydi, hazm tizimini dam oldirib, turli kasalliklardan himoya qiladi. Ilmiy tadqiqotlar ro‘zaning toksinlarni yo‘qotishga va metabolizmni yaxshilashga yordam berishini ko‘rsatgan.

 

6. Ro‘za va ijtimoiy birdamlik

 

Kambag‘allar va muhtojlarning ahvolini his qilish orqali insonda mehr-oqibat, xayriya va zakot berish hissi uyg‘onadi. Bu jamiyatda hamdardlik va birdamlikni mustahkamlaydi.

 

7. Duolarning qabul bo‘lishi

 

Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi, chunki u Alloh uchun sabr qilib, uning roziligini istagan holda ibodat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uchta odamning duosi rad etilmaydi: ro‘zadorning iftor vaqtidagi duosi, odil podshohning duosi va mazlumning duosi” (Imom Termiziy rivoyati).

 

8. Ruhiy poklanish

 

Ro‘za nafaqat jismoniy, balki ruhiy poklanishdir. U insonni gunohlardan tiyishga, yaxshi xulq-atvorga, gunoh va yomonliklardan uzoqlashishga o‘rgatadi.

 

Ro‘za inson hayotining barcha jabhalariga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi ulkan ibodatdir. U nafaqat savobli amal, balki insonni maʼnaviy va jismoniy jihatdan yuksaltiruvchi buyuk hikmatdir.

 

Manba: Muslim.uz sayti

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

Ro‘zaning 8 hikmati | Zamon.uz