O'zbekiston

Endi har 18 oyda Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Endi har 18 oyda Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

 

“Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2025 yildan har 18 oyda – bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti o‘tkazib boriladi.

 

Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uyg‘un holda 2025-yil 4–6 aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etiladi.

 

Orolbo‘yida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish Sammitning asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzildi.

 

Maʼlumot uchun: BMTning 2023-yil 22–24 mart kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan suv resurslariga bag‘ishlangan konferensiyasida O‘zbekiston tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

custom img

5 yoshli qizning zo‘rlanishi: gumon qilingan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzildi.

custom img

Xususiy OTMga kiritish va’dasi: IIO inspektori va yana ikki kishi ushlandi

Fuqaroga Toshkentdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga Rossiyada ikki yil o‘qiganini tasdiqlovchi soxta hujjatlar orqali kiritish va’da qilingan.

custom img

95 kg gashish aniqlandi: uch nafar shaxs ushlandi

Gashish Qibray tumanidagi dala maydonida daraxtlar orasiga yashirilgan qoplarda bo‘lgan.

custom img

Maktablarda o‘quvchilarning sumkalari tekshirilmoqda: elektron sigaretalar topildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlangan bo'lib, ularni saqlaganlik uchun qonunchilikda jarima belgilangan

custom img

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"