O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YTTB rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev YTTB rahbari bilan uchrashdi

"Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoning uchrashuvi bilan boshlandi.

 

Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan keng ko‘lamli hamkorligini yana-da rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar portfeli barqaror kengayib bormoqda. Bankning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshdi, jumladan, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra qariyb 1 milliard yevroni tashkil etdi. Moliyaviy ko‘makning asosiy hajmi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Mamlakatimiz bo‘yicha o‘rta muddatli Sheriklik strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda. YTTB ekspertlari ko‘magida bank sohasini transformatsiya qilish va biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Uchrashuvda loyihalarning ijrosi sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. Jarayonlarni maqbullashtirish va loyihalarni tayyorlashni tezlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan taʼlim, suv taʼminoti, maishiy chiqindilarni qayta ishlash kabi muhim yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

 

“Yashil” iqtisodiyot, uglerod chiqindilarini kamaytirish, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt, ipoteka bozori, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalardagi dastur va loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

 

Joriy yil iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va TDYU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Hujjat inson huquqlari, yuridik ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar va yosh huquqshunoslar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"