Lifestyle

Shifokor issiq dush xavfi haqida ogohlantirdi

Haddan tashqari issiq dush sog‘lig‘ingizga tahdid solishi mumkin.

Shifokor issiq dush xavfi haqida ogohlantirdi

 

Germaniyalik shifokor Mahyar Maddahali haddan tashqari issiq dush sog‘liq uchun sezilarli xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Daily Mail xabariga ko‘ra, issiq suv bosimning keskin tushishiga, bosh aylanishiga, hattoki hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u terining himoya qatlamini zaiflashtiradi.

 

Shifokorning tushuntirishicha, yuqori harorat ta’sirida teridagi qon tomirlari kengayadi — bu organizmning tabiiy sovuqlanish reaktsiyasi hisoblanadi. Ammo bu holat ayrim odamlarda noxush holatlarga, jumladan, muvozanat yo‘qolishi va yiqilishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

“Hammomdagi qattiq yuzalar hushidan ketib yiqilgan odam uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bunday yiqilish og‘ir jarohatlar bilan yakunlanishi mumkin,” — deydi shifokor.

 

Xavfni kamaytirish uchun u quyidagilarni tavsiya etadi:

  • Zaiflik sezilganda suv haroratini pasaytirish
  • Sirpanishga qarshi paspaslar, tutqichlar va dush stulchalari qo‘llash
  • Favqulodda holat uchun signal beruvchi moslamalardan foydalanish

 

Bundan tashqari, issiq suv terining tabiiy yog‘li qatlamini yuvib yuboradi, bu esa quruqlik, tirnash va allergik reaksiyalarga olib keladi. Muntazam issiq dush sochlarni ham zaiflashtiradi: ular mo‘rtlashadi, uchlari tezroq sinadi va sog‘lom ko‘rinishini yo‘qotadi.

 

Issiq suvning yana bir xavfi — teri mikrobiomasining buzilishi. Bu foydali bakteriyalar qatlami organizmning immun himoyasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular yo‘qolsa, tananing infeksiyalarga qarshi tabiiy kurash qobiliyati susayadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"