Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Davlatimiz rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.







