Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga keldi
Bugun Xitoy Raisi bilan muzokara o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy Raisi bilan muzokara o‘tkazadi.







