O'zbekiston

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Davlat kadastrlar palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filiali kadastr muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonuni doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSH dollari talab qiladi.

 

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

custom img

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotda qutqaruv xizmatlarining tezkorligi, o‘zaro hamkorligi va jabrlanganlarni evakuatsiya qilish jarayoni sinovdan o‘tkazildi.

custom img

Qurilish sohasi Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilamoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident quruvchilar, me’morlar, muhandislar va soha faxriylarini Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan muborakbod etdi.

custom img

Bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQSHda hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sportchi ayni paytda O‘zbekistonda ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berishga ruxsat beriladi

Senatorlar bu o‘zgarish milliy va diniy an’analarni hisobga olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

custom img

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgacha oshiriladi

Senat harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya tayinlash tartibini belgilovchi qonunni ma’qulladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"