O'zbekiston

Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun pullik to‘garaklarga imtiyozlar beriladi

IT va chet tillari bo‘yicha to‘garaklarning 80 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun pullik to‘garaklarga imtiyozlar beriladi

 

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Endilikda IT, chet tili, kasb-hunar va boshqa yo‘nalishlardagi pullik to‘garaklarga qatnashayotgan bolalar xarajatlarining 80 foizigacha davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlandi. Qarorga muvofiq, mablag‘lar 2025-yil mart oyidan boshlab ajratilishi belgilangan bo‘lib, dastlabki bosqichda davlat budjetidan 200 milliard so‘m ajratiladi.

 

Unga ko'ra:

  • 14 ta tuman, 549 ta mahalla, 6322 nafar o‘quvchi qamrab olinadi.
  • To‘garaklar xususiy sektor bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
  • O‘quvchilar IT, xorijiy tillar, oliy ta’limga tayyorlov, kasbiy yo‘nalishlar va umumta’lim fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashadi.
  • 7–11 yoshli o‘quvchilarga to‘garaklar faqat davlat maktablari tomonidan taqdim etiladi.

 

Imtiyozdan foydalanish tartibi:

  • Ota-onalar maxsus elektron platforma orqali to‘garakni tanlaydi, shartnoma tuzadi va xarajatlarning 80 foizigacha kompensatsiya oladi.
  • O‘quvchi bir vaqtning o‘zida 2 tagacha to‘garakka, 9 oygacha bo‘lgan muddatga qatnashishi mumkin.
  • Imtiyozdan maktabni tamomlaguncha 2 marta foydalanish mumkin.
  • To‘garakni muvaffaqiyatli tugatganlik haqida sertifikat olish talab etiladi.
  • Davomat qat’iy nazorat qilinadi, biometrik yoki geolokatsiyali elektron tizim orqali har darsda belgilab boriladi.

 

To‘lov chegaralari:

  • 1 BHM (375 ming so‘m) – 7−11 yoshli bolalar uchun uzaytirilgan guruh;
  • 2 BHM (750 ming so‘m) – 12−18 yoshli o‘quvchilar uchun fan va til to‘garaklari;
  • 4 BHM (1,5 mln so‘m) – 15−18 yoshli o‘quvchilar uchun IT va kasbiy to‘garaklar.

 

E’tiborga olish kerak bo‘lgan holatlar:

  • YAIDXP ma’lumotlari tasdiqlanmagan bo‘lsa;
  • Davomat boshqa joyda qayd etilsa;
  • Elektron platformaga boshqa bolaning surati yuklansa — kompensatsiya bekor qilinadi.

 

Elektron platforma 2025-yil 1-sentabrgacha ishga tushadi. Uni UZINFOCOM, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi birgalikda ishlab chiqadi. 15-sentabrgacha esa YAIDXP orqali murojaatlarni kuzatish tizimi joriy qilinadi.

 

MMTV esa o‘quvchilarning natijalariga asoslanib, har yili to‘garaklarni reyting asosida baholaydi va natijalarni platformada e’lon qiladi.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

custom img

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo'shatilishi mumkin

Tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

custom img

“Chinor” metro bekati 29-iyuldan faoliyatini qayta boshlaydi

Rekonstruksiyadan so‘ng bekatdagi kunlik xizmat ko‘rsatish quvvati 40 ming nafargacha oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda harbiy forma ko‘rinishidagi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima joriy etiladi

Fuqarolarni chalg‘ituvchi va davlat organlari obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan formali kiyimlardan foydalanishga qarshi qonun loyihasini ma’qullandi.

custom img

Jarima ballarini pul evaziga o‘chirishning imkoni yo‘q — IIV

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilarning jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogoh bo'lishga chaqirdi.

custom img

Toshkentda spa-salon niqobi ostida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Guruh qizlarni ish va’dasi bilan jalb qilib, ularni zo‘ravonlik va tahdid orqali jinsiy ekspluatatsiyaga majburlagan.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

U davlat mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bir qator moddalar bo‘yicha ayblanmoqda.

custom img

Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga mol tezagini majburan yedirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"